Askaridalar
Askaridalar (Ascarididae) — Toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. 9 ta urugʻni oʻz ichiga oladi. Tipik urugʻi (Ascaris)ra18 -turiga kiradi. Odatda odam askaridasi (A. Lumbricoides) va choʻchqa askaridasi (Askaridalar suyam) koʻp uchraydi. Odam askaridasi erkagining uzunligi 15 — 25 sm, urgʻochisi 20 — 40 sm. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa oʻxshash egilan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin poʻst — kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari (soʻrgʻichlar) rivojlanmangan, uning elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi.
Askaridaning hazm qilish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga oʻxshaydi. Bu nay ogʻiz teshigidan boshlanadi, qisqa halqum, qiziloʻngach, oʻrta ichak hamda keyingi ichak orqali chiqaruv (anal) teshigi bilan tugaydi. Tanasi oldigi uchida joylashgan ogʻiz teshigi 3ta lab bilan oʻralgan. Askarida ichakda hazm boʻlayotgan oziqni soʻrib oladi. Oziqning hazm boʻlmagan qismi uning anal teshigi orqali chiqarib yuboriladi.
Ayirish sistemasi tana boʻylab oʻtgan 2ta uzun naydan iborat. Naylar tananing oldingi tomonida birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi. Tanasining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni oʻrab olgan. Bu halqadan tana boʻylab keyingi va oldingi tomonga nervlar ketadi.
Jinsiy sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga oʻxshash boʻladi. Tana boʻshligʻida buralib joylashgan. Urgʻochisining jinsiy organdi 2ta tuxumdondan, erkakniki esa bitta urugʻdondan iborat. Askarida juda serpusht, u 1 kecha-kunduzda 240mingtagacha tuxum qoʻyadi. Urugʻlangan va qalin poʻst bilan qoplangan tuxumlarini xoʻjayini ichagiga qoʻyadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Tuxumlar iflos qoʻl yoki yuvilmagan meva va sabzavotlar orqali odamning ichagiga tushganida nam muhitda ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar qon orqali oʻpkaga boradi, soʻngra balgʻam bilan ogʻizga tushadi. Ular ogʻizdan yana ichakka qaytib tushgach, rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qoʻyishga kirishadi.
Askaridani yuqtirganda belgilar. Askarida bilan kasallangan odam ozib ketadi, rangi siniq boʻladi. Uning qorni muntazam ogʻrib turadi. Ichakdagi askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqtirmaslik uchun sabzavot va mevalarni yaxshilab yuvib isteʼmol qilish kerak hamda maxsus gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.
Manbalar
tahrirHayvonot dunyosi ensiklopediyasi va 7-sinf biologiya darsligi (2017) Laziz Hamidov
Havolalar
tahrir- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |