Asmoʼ un-Nagʻam
(Asomiy nag‘amotdan yoʻnaltirildi)
Asmo’ un-Nagʻam (arab. – to-vush (nagʻma)larning otlari], Asomiy nagʻamot – 10 –12-asrlarda Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasida jam’ut-tom (qarang Jam)ni tashkil etuvchi jinslar va to-vushlarning maxsus atamalari. Asmo’ un-Nagʻam jins va tovushlarga nisbatan qoʻllangan yunoncha atamalarning arabchaga soʻzma-soʻz tarjimasi boʻlib, ba’zi sharq qoʻlyozma manbalari (mas, Forobiyning "Kitob ul-musiqo al-kabir" – "Musiqa haqida katta kitob" asari)da ularning yunoncha muqobili ham keltiriladi (459-b.dagi jadvalga q.). Asmo’ un-Nagʻam musiqa amaliyotida qoʻllanilmaganligi sababli, keyinchalik (12–13-asrlardan boshlab) musiqa naza-riyasida ham unutilib ketgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |