Asqar Xolmurodov
Asqar Gʻaniyevich Xolmurodov (1939.10.5, Yakkabogʻ tumani — 1997.16.1, Toshkent) — biotexnolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), biologiya fanlari doktori (1976), professor (1980). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1960), Ukraina Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida a.spirant (1961—64), kichik va katta ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi (1965— 86), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori (1986-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1988—90), vitseprezidenti (1990-yildan). Ilmiy ishlari hayvon organizmi hujayralarida vitaminlar va kofermentlar almashinuviga oid. "Kornik" deb ataladigan biologik preparatni kashf etgan. X. birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. Oliy Majlisning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (1995— 1997).
Manbalar
tahrir- Eksperimentalnaya vitaminologiya (v soavtorstve), Minsk, 1979; Membranniy transport kofermentnix vitaminov i kofermentov (v soavtorstve), Kiyev, 1982.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |