Ulugʻbek Asqarov
(Asqarov Ulug‘bek Akbarovichdan yoʻnaltirildi)
Ulugʻbek Akbarovich Asqarov (1928.23.2, Toshkent) – terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari doktori (1970), professor (1970), A. A.Lodyuvning oʻgʻli. 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1971–96), 1997-yildan shu kafedrada professor-konsultant. Ilmiy ishlari antibiotikoterapiya, gematologiya, gastroenterologiya, diyetologiya va farma-koterapiya masalalariga bagʻishlangan. Asqarov Oʻzbekistonda surunkali koligning kelib chiqishi, patogenezi, klinikasi va davolash usullarini ishlab chiqqan. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |