Assomlar (oʻzlarini axomiya, as-somiya deb ataydilar) – Hindistonning Assom shtatida yashovchi xalq, umumiy soni 14,55 mln. kishiga yaqin (1992), shundan 220 ming kishi Butanda yashaydi. Assom tilida soʻzlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dini – hinduizm. Milodiy 1-ming yillik oʻrtalarida bu yerda Ka-marupa davlati mavjud boʻlgan. 13-asrda Birmadan chiqqan axomlar uni bosib olib, oʻz davlatlarini tuzganlar. Mamla-kat va xalq nomi shundan olingan. Keyin-chalik yerli xalq bilan aralashib, ularning tili va madaniyatini qabul qilganlar. A. dehqonchilik, chorvachilik, qisman hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar, choy yetishtirish plantatsiyalari, neft sanoatida ham ishlaydilar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil