Viktor Astafyev
(Astafev Viktor Petrovichdan yoʻnaltirildi)
Viktor Petrovich Astafyev (1924)–rus yozuvchisi. „Oʻgʻirlik“ (1966), „Shohbaliq“ (1976), „Choʻpon va choʻponqiz“ (1971) kabi asarlari urush, Sibir qishloklaridagi hayot, kishilarning ayanchli ahvoli haqida. „Soʻnggi taʼzim“ (1–2-kitob, 1971 – 79) avtobiografik qissa va hikoyalar turkumida yozuvchining bolaligi aks etgan. „Laʼnatlangan va oʻldirilganlar“ (1-kitob, 1992) romanida harbiy kazarmalarning mudhish holati, sobiq Ittifoqsa amalda boʻlgan jazolash tizimining shafqatsiz qurbonlari – oddiy askarlarning azobuqubatlari bayon etilgan[2].
Viktor Astafyev | |
---|---|
Tavalludi | 1-may 1924 va 2-may 1924[1] |
Vafoti | 29-noyabr 2001[1] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[1] |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |