Astrokolorimetriya
Astrokolorimetriya (astro... va lot. color – rang, metron – oʻlchash) – har xil ranglarda osmon yoritqichi yorugʻligini oʻlchash orqali uning fi-zik koʻrsatkichlarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan soha. Yoritqichdan kelayotgan noʻrni har xil rangli nur koʻrsatkichlar orqali oʻtkazib, nur qabul qiluvchi va oʻlchovchi asboblar yor-damida uning intensivligi oʻlchanadi. Har bir nur qabul qiluvchi asbob oʻziga xos spektral sezgirlik maksi-mumida qoʻllanadi. Ikki xil rangda yoritqich nurining intensivliklari, aiiqrogʻi, yulduz kattaliklari ayirmasi uning rang koʻrsatkichi deyiladi. Rang koʻrsatkichi yoritqich spektrida energi-yaning taqsimlanishini koʻrsatadi va yoritqichning temperaturasiga bogʻliq boʻladi. Past temperaturadagi yulduzlar qizil, yuqori temperaturadagilar oq yoki havorang nur sochadi. temperatura bilan rang koʻrsatkichi orasida bogla-nish mavjud. Yoritqich spektrini toʻlaroq oʻrganish maqsadida koʻp rangli kolori-metrik tizimlar qoʻllanadi. Bunda nur qabul qiluvchi asbob sifatida foto-elektron koʻpaytirgich qoʻllanadi va har xil maxsus tanlangan rangli shisha toʻsqichlar ishlatiladi. Mas, uch rang-li tizim ultrabinafsha (V), koʻk (V) va sariq (V) nurlarda yulduz kattaligi U – V va V – V rang koʻrsatkichlarini oʻlchashga asoslangan. Olti rangli ti-zimda qoʻshimcha yashil (G), qizil (R) va infraqizil (I) yulduz kattaliklari oʻlchanadi. Kolorimetrik oʻlchashlar yoritqichning rang temperaturalarini va samara-li nurlanish rangini (toʻlqin uzunligi-ni) aniqlashga imkon beradi.Isroil Sattorov.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |