Astronavigatsiya
Astronavigatsiya – Dengiz kemasi, samolyot, Yerning sunʼiy yoʻldoshi, kosmik kemalar va boshqalarning harakat yoʻnalishi va vaziyatini aniqlash usuli. Dengiz kemasi yoki samolyotning vaziyati va harakat yoʻnalishini astronomik kuzatishdan aniqlash usullari dengiz astronomiyasi yoki aviatsiya astronomiyasida oʻrganiladi. Hozir Yerning sunʼiy yoʻldoshlari yerdamida dengiz va okeanlardagi kemalar va avtomatik apparatlarning vaziyatlarini, ioʻnalishlarini, tezligini va orbitalarini Yer, Oy, Quyosh va koordinatlari juda aniq yulduzlarga nisbatan hisoblab, tekshirib borish Astronavigatsiyaning vazifalari hisoblanadi. Quyosh sistemasidagi sayyoralararo uchishni va Yerga yaqinlashib oʻtadigan kometalar tomon yuboriladigan avtomatik apparatlarni boshqarish va aynan moʻljalga olib borish ishlari ham Astronavigatsiyada bajariladi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Maʼlumotlar ombori (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |