Asunsion
Asunsion yoki Asunción (ispancha: Asunción) – Paragvay Respublikasining poytaxti. Aholisi 608 ming kishi (1990). Paragvay daryosining chap sohilida. 1537-yil dabarpoetilgan. 17-asr boshlarigacha Ispaniya mustamlakasi markazi boʻlgan. 1811-yilda Asunsionda Paragvay mustaqilligi e’lon qilingan. Asunsion Paragvayning asosiy porti, sanoat, savdo markazi va transport tuguni. Milliy universitet (1889) va boshqa universitetlar, muzeylar bor. Toʻqimachilik va koʻn poyabzal fabrikalari, tegirmonlar, qand-shakar va spirt-arak zavodlari, kemasozlik korxonasi, kushxona mavjud. Neftni qayta ishlash zavodi bor. Mamlakat eksportining 75%, importining 90% Asunsion porti orqali oʻtadi. Aero-porti xalqaro ahamiyatga ega. Botanika bogʻi bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |