At-Tarix al-kabir” (arab. التاريخ الكبير – “Katta tarix”) – IX asr islom olimi Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning ilmi rijol yoʻnalishidagi kitobi[1].

At-Tarix al-kabir
التاريخ الكبير
Asosiy maʼlumotlar
Janr Ilmi rijol
Muallif Muhammad ibn Ismoil Buxoriy
Orginal tili Arab
Nashriyot Doira al-Maorif al-Usmoniyya

Umumiy tavsif

tahrir

Buxoriy bu asarini 18 yoshida yozgan. U sahobalar davridan to o‘z davrigacha hadis rivoyat qilgan ko‘plab kishilarning ismlarini, tarjimai hollarini jamlagan. Tarjimai hollarning umumiy soni 40 mingga yaqin, shu jumladan erkaklar ham, ayollar ham, ishonchli va ishonchsiz roviylar ham kiritilgan. Hokim Naysoburiy asardagi zaif roviylarni sanab o‘tgan va ular 126 kishidan oshmagan[1].

Buxoriy yana “at-Tarix al-avsat” (“O‘rta tarix”) va “at-Tarix as-sag‘ir” (“Kichik tarix”) kitoblarini ham yozgan[1].

E’tirof

tahrir

Tojiddin Subkiy “at-Tarix al-kabir”ni maqtab, uni misli ko‘rilmagan kitob sifatida ta’riflagan va keyingi davr olimlari Buxoriyning oldida qarzdor ekanliklarini ta’kidlagan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Al-Kattani, Muhammad ibn Ja‘far; Al-Risalah al-Mustatrafah, pg. 128–9, (Beirut: Dar al-Basha'ir al-Islamiyyah); seventh edition, 2007.