Atabaska (koʻl)

(Atabaskadan yoʻnaltirildi)

Atabaska — Kanadaning gʻarbidagi koʻl, Makenzi daryosi sistemasida. Chuq. 60 m gacha, maydoni 7,9 ming km2. Sharqsan gʻarbga tomon oy shaklida choʻzilgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, jan.— pasttekislik. Oktabr oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Koʻlga Atabaska daryosi quyiladi[1]. Undan Qullar daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kemalar qatnaydi. Atabaska hududida uran rudasi konlari topilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
  2. Canada Fishing Online, 2011-12-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-02

Havolalar

tahrir