Atal Bihari Vajpayee (1924. 25. 12, Guvalyor, Madhya-Pradesh shtati) — Hindiston Respublikasi davlat va siyosat arbobi. 1942-yil mustaqillik harakatida faol qatnashganligi uchun qamalgan. V. 1957—86 yillarda Jana Sangx, Bharatiya Jana Sangx, Janata, Bharatiya Janata partiyalari taʼsischiaʼzosi va rahbari. 1980—84 yillarda, 1986 yil va 1993— 96 yillarda Bharatiya Janata parlament partiyasi yetakchisi. 1977—80 yil larda Hindiston Tashqi ishlar vaziri. 1966-70 yillar, 1986 yil va 1988-96 yillarda Hindiston parlamenti qoʻmitalarida ishladi. 1996 yil 16—31 may va 1998 yil 19 martdan Hindiston bosh vaziri. Bir qancha sheʼrlar hamda nutklar toʻplami bosilib chiqqan. Falsafa d-ri faxriy unvoniga ega[1].

Atal Bihari Vajpayee
Hindiston bosh vaziri
Mansab davri
1998-yil – 2004-yilgacha
Oʻtmishdoshi I. K. Gujral
Vorisi Manmohan Singh
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-dekabr 1924-yil
Vafoti 16-avgust 2018-yil(2018-08-16)
(93 yoshda)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil