Atelektaz (yun. ateles – yetil-magan, notoʻliq va ektasis – choʻzilish) – oʻpka pufakchalari (alveolalari), segmentlar va boshqalarning havosizlanishi yoki deyarli havo qolmasligi natijasida burishishi (puchqayishi). A. bron-xlar teshigining har xil narsalar (nekroz natijasida koʻchib tushgan epi-teliylar va hokazo) bilan tiqilib qolishi yoki bronxlarning tashqi tomondan siqilishi (plevrada transsudat yoki eks-sudat yigʻilganda, oʻsmalarda) oqibatida roʻy beradi. Bulardan tashqari, tugʻma A. ham boʻladi – nafas olmaslik na-tijasida chaqaloq oʻpkasining yozilmay qolgan qismi. Davosi: kasallikning asosiy sababi bartaraf kilina-di; bola tugʻilayotgandaasfiksiyaning oldini olish chorasi koʻriladi; bronxga ki-rib qolgan yot jismlar olib tashlanadi; oʻsma, bronxoadenit va boshqa kasalliklar da-volanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil