Atlas oʻrilishi
(Atlas o‘rilishidan yoʻnaltirildi)
Atlas oʻrilishi – atlas toʻqishdagi oʻziga xos oʻrilish; tanda iplari arqoq iplarini yopib oʻtgan joylarda ular oʻzaro yonma-yon yotmaydi, balki bir necha ip siljib oʻtadi. Rapportdagi tanda va arqoq iplari soni kamida beshta boʻladi. U bilan toʻqilgan gazlamalarning sirti silliq boʻlib, faqat arqoq yoki tanda iplarini yopib o'tgan joylari uzun bo'lib koʻrinadi. Agar gazlama sirtida arqoq iplari tanda iplarini koʻproq yopib oʻtgan boʻlsa, bunday gazlama arqoq atlasi yoki satin deb ataladi. Agar gazlama sirtida tanda iplari arqoq iplarini koʻproq yopib oʻtgan boʻlsa, bunday gazlama tanda atlasi yoki atlas deb ataladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |