Atlas pilla
Atlas pilla – Panok pilla turlaridan biri Atlas pillaning sirti tekis (silliq), qisman botiqroq. Uning dasta qisgan oʻrinlarida botiq yerlari bilinmay qoladi. Shu belgilariga koʻra navlarga boʻlinadi. Sirtidagi buzilgan joylari 5 mm gacha boʻlsa birinchi, 10 mm gacha boʻlsa ikkinchi, 15 mm gacha boʻlganlari esa uchinchi navga kiradi. 15 mm dan ortiq buzilgan joyi boʻlgan pillalar yaroqsiz hisoblanadi. Atlas pillalar bir tekis bugʻlanmaydi, ipagi oz chiqadi, sifati past boʻladi, tortishda ipagi tez-tez uzilib turadi. Pilla sifatining bu tariqa buzilishi qurtlarga yetarli dasta qoʻyilmaganidan hamda pillaning dasta oraligʻida qisilib oʻralishidan yuzaga keladi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |