Atmosfera ozoni
Atmosfera ozoni – atmosferada kislorodga Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siridan hosil boʻladigan gaz. Kislorodning uch atomi birikma-sidan iborat. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida ikki atomli kislorod mole-kulasi atomlarga bulinadi. Bu atomlar boʻlinmay qolgan kislorod molekulasiga qoʻshilib, uch atomli kislorod, ya’ni ozon hosil boʻladi. Atmosfera ozoni Kuyoshdan keluvchi, koʻpgina organizmlar uchun xavfli bulgan ultrabinafsha nurlarni yutadi. Atmosfera ozoni Yer sirtidan to 55 km balandlik-kacha bulgan xavo katlamida uchraydi. Asosiy qismi 20 km bilan 35 km orasidagi balandlikda joylashgan. Agar atmosferadagi barcha ozonlar bir katlamga keltirilganda edi, 1,5 – 4,5 mm qalinlikdagi qatlam hosil bulardi. Oʻzbekiston hududi ustidagi atmosferada ozonning kalinligi yil davomida urta hisobda 1,9 dan 2,7 mm oraligʻida oʻzgarib turadi. Atmosferada aprel oyida eng koʻp, oktabr oyida eng kam ozon boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |