Atmosferadagi optik hodisalar – atmosferada yorugʻlikning qaytishi (aks etishi), sini-shi, yutilishi, sochilishi va difraksiyasch natijasida paydo boʻluvchi hodisalar. Yorugʻlikning yomgʻir tomchilari va mayda muz kristallarida sinishi va difrak-siyasi natijasida osmonning Quyoshga qarama-qarshi tomonida hosil boʻladigan rangdor yoyli kamalaklar, Quyosh va Oy gardishidan bir oz uzoqliqsa oqimtir yoki rangli halqa shaklida koʻrinuvchi galo hodisalari, osmon yoritqichlari atrofida hosil boʻladigan tojlar, glo-riya hodisalari, shuningdek atmosfe-ra refraksiyasi, saroblar, osmonning moviy rangi, tong va shom shafagʻi kabi hodisalar A o. x, jumlasiga kiradi. Atmosferadagi optik hodisalar h. koʻpchiligi atmosferaning turli qatlamlari holati va tarkibini bil-diruvchi alomat boʻlib, ob-havoning mahalliy belgilari sifatida xizmat qiladi. Atmosferadagi optik hodisalar h.ni meteorologiya fanining bir boʻlimi gʻisoblangan atmosfera optikasi oʻrganadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil