Atmosferadan tashqi astronomiya
Atmosferadan tashqi astronomiya – amaliy astrofizikaning zamonaviy boʻlimi; asosan Yer atmosferasi ta’siri tufayli uning sirtidan kuzatish qiyin boʻlgan toʻlqin uzunlik (X) diapazonlarida tadqiqot olib borish maqsadida kosmosga chiqariladigan maxsus teleskop va ilmiy asboblarni yaratish hamda kuzatuv natijalarini taxlil qilish bilan shugʻullanadi. Xususan, atmosferadagi kislorod va suv butlari X q 1 sm gacha boʻlgan radionurlarning yutilishi, optik nurlarning 20 – 30% susayishi, u<3000 X soha nurlari N, N2,O,, O2, O3 va boshqa atom, molekula hamda ionlarda yutilishi osmon jismlarida roʻy berayotgan fizik jarayonlarni toʻla oʻrganishga halal beradi. Atmosferadan tashqi astronomiya a. usullari yordamida hozir radio, infraqizil, optik, ultrabinafsha, rentgen va gamma diapazonlarda kosmosdan kuzatish ishlari olib borilmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |