Atom spektrlari – erkin yoki kuchsiz bogʻlangan atomlarning (bir atomli gazlar yoki bugʻlar) elektromagnit toʻlqin chiqarganda (nurlanish Atom spektrlari) yoki yutganda (yutilish Atom spektrlari) paydo boʻladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziqchiziq, ya’ni alohida-alohida joylashgan spek-tral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning koʻrinuvchi, ultrabinaf-sha va infraqizil sohalarida kuzatiladi. Nurlanish Atom spektrlari atomni turli yoʻllar bilan uygʻotilganda (yorugʻlik, elektronlarning urilish va hokazo) hosil boʻladi. Yutilish Atom spektrlari uzluksiz spektrli yorugʻlik atomar gazlar yoki bugʻlardan oʻtganda pay-do boʻladi. Atom spektrlari spektral asboblar yorda-mida kuzatiladi. Ionlarning Atom spektrlari katta chastotalar tomoniga surilgan boʻlishi bilan neytral atomlarning A. sdan farq qiladi.Atom spektrlaridagi spektral chiziqlar ma’lum qonuniyatlarga boʻysunadi va sodda hollarda spektral seriyalar hosil qiladi. Har bir spektral seriya yuqori energetik sathlardan pastdagi yagona energetik sathga mumkin boʻlgan kvant oʻtishlari natijasida yuzaga keladi. Vodorod atomidagi spektral seriyalar ayniqsa ajralib turadi. Vodorod atomida Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari aniqlangan. Bu seriyalardagi toʻlqin sonlarini quyidagi formula yordamida topish mum-kin: bunda R = 109677,58 sm"1 –Ridberg doimiysi, pk va p– kvant oʻtishlari boʻlayotgan energetik sathlarining bosh kvant sonlari. Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari uchun pk mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5, 6 ga teng. Bunday seriyalar boshqa elementlar atomlari uchun ham kuzatiladi. Elementning atom soni oshib borishi bilan seri-yalardagi spektral chiziqlar soni ham oshib boradi va murakkab koʻrinishga ega boʻladi. Elementlar Atom spektrlarining uziga xosligi modda tarkibini aniqlashda, ulardagi spektral chiziqlar ravshanligining 765atomlar konsentratsiyasiga bogʻliqligi – element miqdorini aniqlashda qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil