Atonal musiqa (yun. a – inkor qoʻshimchasi va tonal – ton) – 20-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida odat tu-siga kirgan tonallik, lad, garmoniya va boshqalarning oʻta erkin oʻzgaruvchanligiga asos-lanib yaratiladigan musiqa. Atonal musiqa konso-nans va dissonans kontrasti, modulyatsi-yalarni inkor etadi. Ayrim Atonal musiqa parchalari soʻnggi romantiklar va impressio-nistlar ijodida uchraydi. 20-asr boshida Avstriya kompozitori A. Shyonberg, uning shogirdlari A. Vebern, A. Berg va boshqa ijodida an’anaviy yevropacha ladtonallik asosidan toʻla yoki qisman voz kechish natijasida Atonal musiqa yoki R. Kolish (1896 – 1978) tomonidan kiritilgan atonallik tushunchasi yuzaga kelgan. Atonal musiqani ma’lum darajada dodekafoniya texnikasi tartiblashtirgan. Undan Oʻzbekiston kompozitorlari kino, telekoʻrsatuv, te-atr musiqasi va boshqalarda foydalanmoqdalar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil