Atsetat tola

Atsetat tola qovushqoqligi, yumshoqligi, chiroyli-ligi, kimyoviy pishiqligi va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi sababli sanoatda tobora koʻp ishlatilmoqda NavDPI Kimyo 301-guruh 2024-yil Ahmatov Jasur

Atsetat tola, atsetat ipak – atse-tilsellyulozadan olinadigan sun’iy tola. Atsetat tola 140 – 150° gacha temperaturaga bardosh beradi, bundan yukrri temperaturada deforma-siyaga uchrab, shaklini oʻzgartiradi. Atsetat tola qovushqoqligi, yumshoqligi, chiroyli-ligi, kimyoviy pishiqligi va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi sababli sanoatda tobora koʻp ishlatilmoqda. Tarkibidagi gidroksil va atsetil guruhlarning nisbiy miqdori bilan farqlanuvchi Atsetat tola lar toʻqimachilik sanoatida koʻplab ishlatiladi. Mas, triatsetat tola asosan texnikada qoʻllanadi, uning elektr tokini oʻtkazmaslik xususiyati barcha sun’iy va tabiiy tolalarnikidan ustun turadi. Oʻzbekistonda paxta tolasining chiqindisi –momiq asosida Atsetat tola lar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil