Atsetosirka efir – atsetosir-ka kislotaning etil efiri, etilatseto-atsetat. Mol. m. 118,14, xushboʻy hidli rangsiz suyuqpik. Qaynash temperaturasi 180,8°, zichligi 1028 kg/m3. Suvda (14,3% 16,5° da), etanolda, efirda eriydi. Oddiy Atsetosirka efir (ikkala shakl aralashmasi) bir vaqtda ke-ton va yenol xossalarini namoyon qiladi. U keton sifatida sianid kislota yoki natriy bisulfatni biriktirib oladi. Yenol sifatida temir xlorid ta’sirida binafsha rangga kiradi, brom eritmasini rangsizlantiradi. Sanoatda etilatse-tatga metall hoddagi natriyni ta’sir ettirib olinadi (Klayzen kondensatsiyasi). Atsetosirka efir amidopirin, antipirin, akri-xin, V, vitamin va boshqa dorilarni sintez qilishda, boʻyoq ishlab chiqarishda, shuningdek oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. 824

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil