Augusto Batalla
Augusto Martín Batalla Barga (talaffuzi: Augusto Martin Batalha Barga) 1996-yil 30-aprelda Buenos-Ayresda tugʻilgan. Argentinalik futbolchi „San Lorenzo de Almagro“ klubi darvozaboni.
Augusto Batalla | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi |
Augusto Martín Batalla Barga |
Tugʻilgan |
30-aprel 1996-yil[1][2](26 yosh) |
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
185 cm |
Vazni |
87 kg |
Pozitsiyasi | |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | |
Raqam |
13 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Biografiyasi
tahrir2014-yilning iyuligacha Augusto Martín Batalla Barga „River Plate“ klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Keyin u asosiy jamoaga oʻtdi va uning uchinchi darvozaboni boʻldi. 2014-yilgi mavsumda maydonga tushish nasib etmadi. 2016-2017-yillarda Augusto Martín Batalla Barga muntazam ravishda jamoasi darvozasini himoya qila boshladi. Ammo keyin darvozabon bazadagi oʻrnini yoʻqotdi va Augusto Martín Batalla Barga boshqa jamoalarga — „Atlético Tucumán“, „Tigre“, Chilining „Unión La Calera“ va „OʻHiggins“ga ijaraga berila boshladi. 2021-yilning iyulida u „San Lorenzo de Almagro“ga ijaraga berildi.
Argentinaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan Augusto Martín Batalla Barga 2013-yilgi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi[3]. Uning terma jamoasi 17 yoshgacha boʻlganlar toifasida Janubiy Amerika chempioni boʻldi. Keyinchalik, futbolchi 2013-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi, unda argentinaliklar toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Augusto Martín Batalla Barga 2015-yilgi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. U oʻsha erda asosiy darvozabon edi va uning oʻyiniga „Real Madrid“ jahon futboli giganti qiziqdi[4].
U 2016-yilda asosiy jamoada debyut qilgan va Marselo Barovero klubni tark etgandan soʻng, menejer Marselo Gallardo tomonidan asosiy darvozabon sifatida faoliyatini boshlagan. Batalla klubning birinchi raqamli darvozaboni boʻlib, dastlab yaxshi taassurot qoldirgan. 2015-16-yilgi Argentina kubogi va 2016-yilgi Recopa Sudamericana chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik xatolarga koʻp yoʻl qoʻyishi natijasida jamoadagi oʻz oʻrnini yoʻqotdi va 2017-yil iyun oyida „German Lux“ bilan shartnoma imzoladi.
2018-yil yanvar oyida Argentina darvozaboni Franko Armani bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilning 5-yanvarida Batalla Argentina Primer ligasidagi jamoa „Atletiko Tucuman“ bilan bir yillik ijara shartnomasini imzoladi. Libertadores kubogida yaxshi taassurot qoldirgan va klubning rivojlanishiga yordam berganidan soʻng, 25-iyun kuni Batalla oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida „Atletiko Tucuman“ni ijara muddatidan oldin tark etishini eʼlon qilgan.
Yutuqlari
tahrir- Argentina kubogi sohibi (2 karra): 2016, 2017
- Libertadores kubogi gʻolibi (1 marta): 2015 (maydonga tushmagan)
- Janubiy Amerika kubogi (1 marta): 2014 (maydonga tushmagan)
- Rekopa gʻolibi (1 marra): 2016
- Yevroamerika super kubogi gʻolibi (1 marta): 2015 (maydonga tushmagan)
- Janubiy Amerika oʻsmirlar chempionati gʻolibi (1 marta): 2013
Klublari
tahrirNomi | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami |
---|---|---|---|---|---|
River Plate Argentina | 2014 | — | — | — | 0 |
2015 | — | — | — | 0 | |
2016 | 4 | — | — | 4 | |
2016-17 | 29 | 7 | 7 | 43 | |
2017-18 | 3 | — | 1 | 3 | |
Jami | 36 | 7 | 8 | 51 | |
Atlético Tucumán Argentina | 2017-18 | 12 | — | 5 | 17 |
Jami | 12 | 0 | 5 | 17 | |
Tigre Argentina | 2018-19 | 10 | — | — | 10 |
Jami | 10 | 0 | 0 | 10 | |
Unión La Calera Chili | 2019 | 21 | — | 4 | 25 |
Jami | 21 | 0 | 4 | 25 | |
OʻHiggins Chili | 2020 | 33 | — | — | 33 |
2021 | 9 | 4 | — | 13 | |
Jami | 42 | 4 | 0 | 47 | |
San Lorenzo Argentina | 2022 | — | — | — | 5 |
Jami | 6 | 1 | 0 | 6 | |
Umumiy karerasida | 126 | 12 | 17 | 156 |
Manbalar
tahrir- ↑ Augusto Batalla // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Augusto Batalla // FBref.com (mn.)
- ↑ „Official list of players“. 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-yanvar.
- ↑ „Augusto Batalla llega cedido al Real Madrid“. 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-yanvar.