Autentifikatsiya (grekcha: αὐθεντικός authentikos, „haqiqiy“, „muallif“) – kompyuter tizimi foydalanuvchisini haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash jarayoni. Bu jarayonda tizim insonning haqiqiyligini aniqlaydi[1]. Identifikatsiyadan farqi shundaki, identifikatsiya jarayonida shaxs yoki tizim foydalanuvchisining kimligi aniqlanadi, autentifikatsiyada esa identifikatsiya qilingan shaxs yoki foydalanuvchining haqiqatan ham oʻsha ekanligini isbotlanadi[2][1].

Bankomat foydalanuvchisi autentifikatsiyadan oʻtyapti

Uslublar

tahrir

Autentifikatsiya bir nechta sohaga tegishli. San’at, antikvarlik va antropologiyada maʼlum bir artefaktning aniq bir shaxs tomonidan yoki tarixning maʼlum bir joyida yoxud davrida yaratilganligini aniqlash keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Informatika fanida esa, maxfiy maʼlumotlar yoki tizimlarga kirishga ruxsat berish uchun koʻpincha foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash talab etiladi[3].

Autentifikatsiyani uch turga ajratish mumkin:

Autentifikatsiyaning birinchi turi – shaxs haqiqiyligini tasdiqlovchi dalillarga ega boʻlgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni qabul qilish.

Autentifikatsiyaning ikkinchi turi – obyektning atributlarini oʻsha kelib chiqqan obyektlar haqida maʼlum boʻlgan narsalar bilan taqqoslash. Masalan, sanʼat mutaxassisi rasm chizish uslubida oʻxshashliklarni qidirishi, imzoning joylashuvi va shaklini tekshirishi yoki obyektni eski fotosurat bilan taqqoslashi mumkin.

Uchinchi turdagi autentifikatsiya hujjatlarga yoki boshqa tashqi tasdiqlarga tayanadi. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda dalillar qoidalari koʻpincha taqdim etilgan dalillarni saqlash zanjirini oʻrnatishni talab qiladi. Bu yozma dalillar jurnali yoki uni koʻrib chiqqan politsiya detektivlari va sud-tibbiyot xodimlarining guvohliklari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „What is Authentication? Definition of Authentication, Authentication Meaning“. The Economic Times. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
  2. Abu-Nimeh, Saeed (2011), van Tilborg, Henk C. A.; Jajodia, Sushil (muh.), „Three-Factor Authentication“, Encyclopedia of Cryptography and Security (inglizcha), Boston, MA: Springer Publishing, 1287–1288-bet, doi:10.1007/978-1-4419-5906-5_793, ISBN 978-1-4419-5905-8, 2024-04-23da asl nusxadan arxivlandi
  3. http://eric.ed.gov/?id=EJ1012775