Avar xonligi
Avar xonligi – Dogʻistondagi davlat (12–19-asrlar). Poytaxti – Xun-zax. Ilk oʻrta asrlardagi Sarir "podsho-ligi" oʻrnida vujudga kelgan. Ummaxon (1634-yil v. e.) davrida Avar xonligi yirik siyosiy birlashma boʻlgan. 18-asrda kuchli davlatga aylanib, unga Gruziya podshosi, Darband, Qubo xonlari xiroj toʻlab turishgan. 1803-yil uni Rossiya bosib olgan 19-asrning 20–50-yillarida Avar xonligi hududi imomlik tarkibida boʻlgan. 1864-yil chorizm tomo-nidan Avar xonligi tugatilib, uning hududida Avar okrugi tashkil etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |