Avaz Berdiqulov
Avaz Musurmonqulovich Berdiqulov (Аваз Мусурмонқулович Бердиқулов, 1979-yil 16-sentyabr, Toshkent) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi va jurnalist[1].
Avaz Musurmonqulovich Berdiqulov | |
---|---|
Tavalludi |
16-sentyabr 1979-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Oʻzbekiston milliy universiteti |
Bolalari | 2 nafar farzandi bor |
Hayoti
tahrir1999-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan.
2001-yilda Buyuk Britaniyaning Bornmut universiteti magistraturasini multimedia jurnalistikasi sohasida tamomlagan[2].
Xitoyning Pekin chet tillar universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya fakulteti doktoranti.
„Sport“ gazetasida muharrir, keyinchalik "Sport" telekanalida sharhlovchi boʻlgan.
2001—2004 va 2006—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining „Jahon“ axborot agentligida mutaxassis, keyinchalik boʻlim boshligʻi boʻlgan.
2004—2006-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan[3].
2008-yildan buyon Osiyo Futbol Konfederatsiyasida faoliyatini boshlagan. Hozirda musobaqalarni oʻtkazish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda[1][4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „«Kel, Osiyoda turnir o‘tkazib ko‘r-chi?» - OFK mutaxassisi Avaz Berdiqulov bilan katta intervyu“.
- ↑ „Avaz Berdiqulov - futbol jurnalistikasidan OFK mutaxassisligigacha“. championat.asia.
- ↑ Berdiqulov Tashqi ishlar vazirligida ishlagani, OFKdagi faoliyati va Qatar mundiali haqida Video YouTubeda
- ↑ ОФК мутахассиси Аваз Бердиқулов билан атрофлича суҳбат. Футбол плюс кўрсатувининг 12-сони YouTubeda