Ave Alavaynu – 1942-yil 4-oktyabrda Tartu shahrida tugʻilgan va 2022-yil 3-aprelda vafot etgan. Estoniyalik shoira va yozuvchi.

Ave Alvaynu
Tavalludi 1942-yil 4-oktabr
Vafoti 2022-yil 3-aprel
Estoniya
Ijod qilgan tillari Rus tili, Fin tili va Ingliz tili
Fuqaroligi SSSR va Estoniya

Biografiya

tahrir

Ave Alavaynu 1942-yil 4-oktyabrda Tartu shahrida shifokor oilasida tugʻilgan. Ota-onasi ajrashgandan soʻng, u 4 yoshida onasi bilan Tallinga koʻchib oʻtgan[1]. U yerda 1954-yildan 1961-yilgacha maktabda taʼlim olgan. 1962-yildan boshlab Tallin pedagogika institutida eston filologiyasini oʻrganishni boshlagan. 1964-yildan 1967-yilgacha Tartu universitetida oʻqishni davom ettirgan, biroq uchinchi kursda oʻqishni tashlab ketgan. Keyin „Vanemuyne“ teatri studiyasida aktyorlik sanʼatini oʻrganib, 1968-yilda uni tugatgan. Shundan soʻng asosan turli gazeta va jurnallarda jurnalist sifatida ishlagan, keyinchalik esa gazeta tahririyatida tanishgan turmush oʻrtogʻi Vaapo Vaxer bilan birga Xiyumaa oroliga koʻchib ketgan. 1976-yildan boshlab pedagogik faoliyat bilan shugʻullangan. 1981—1985-yillarda Pionerlar uyi direktori lavozimida ishlagan. Oʻsha davrda maktab teatrini tashkil etib, uni 1995-yilgacha boshqargan. 1997-yildan boshlab „Ave Vita“ notijorat tashkilotiga rahbarlik qilgan[1].

1987-yildan boshlab Ave Alavaynu Estoniya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. U Xiyumaa orolidagi Kyardla shahrida istiqomat qilgan.

Alavaynu 1966-yilda matbuotda sheʼrlarini eʼlon qilish orqali adabiyot olamiga qadam qoʻygan. 1973-yilda uning ilk kitobi nashr etilgan. Tanqidchilar unda qisman „anʼanaviy sevgi lirikasi“ni koʻrsalar-da, ayni paytda „erotik tajriba“ va „erotik his-tuygʻular“ bir necha bor oʻz ifodasini topganini taʼkidlashgan[2]. Hattoki bir tanqidchi shoira ijodini urushlararo davrda axloqsizligi tufayli kitobi yoʻq qilingan Ralf Rond asarlari bilan taqqoslagan[3] va bu sheʼrlarni 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga oʻqish tavsiya etilmasligini aytgan. Keyingi sheʼriy toʻplamlar muhabbat lirikasi uchun ijobiy baholar olgan[4]. U „Kto iz nas Napaleon?“ (1987) nomli maktublar romani bilan nasrnavis sifatida ilk qadamini qoʻygan. Bu asar „psixologik roman“ sifatida ham tavsiflangan[5]. Tanqidchilar unda erkak va ayol oʻrtasidagi farqlarga katta eʼtibor qaratilganini, shuningdek, „emansipatsiyaga qarshi“ yoʻnalishlar mavjudligini taʼkidlashgan.

Ave Alavaynu bolalar adabiyotining yorqin namoyondasi sifatida ham tanilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Ave Alavainu[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка // pops.kardla.edu.ee
  2. Vaime Kabur: Rahutus rütmis. In: Looming 2/1974, S. 342—343.
  3. Oskar Kruus: Kolm debüüti. In: Keel ja Kirjandus 7/1974, S. 439.
  4. Kärt Hellerma: Loomingupsühholoogiline Alavainu. In: Keel ja Kirjandus. 1/1983, S. 41.
  5. Objektina subjekti. In: Estonia. 3/1987, S. 137.