Avi Buffalo
Avi Buffalo amerikalik rock guruh boʻlib, qoʻshiq yozuvchi va gitarachi Avi Zahner-Isenberg tomonidan Kaliforniyaning Long Beach shahrida tuzilgan. Ularning shu nomli debut albomi 2010-yil 27-aprelda chiqib, The A.V. Club, NME, Filter kabi musiqa nashrlari tomonidan ijobiy baholandi.[1] Albomning birinchi singli „What's In It For“ va „Jessica“qoʻshiqlaridan iborat. Guruh 2010-yili SXSW festivalida ijro etdi, shu yilning iyulida esa Modest Mouse guruhi oldidan konsertni qizitib berdi. 2011-yili ikkinchi singl — „How Come? and Good I’m Wishing“ chiqdi, shu yil yozida esa guruh Yevropa va AQSh boʻylab gastrol uyushtirdi.[2][3]
Avi Buffalo | |
---|---|
Avi Buffalo konsertda, New York, 2010. | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Long Beach, California |
Mamlakat | AQSh |
Janr | Indi-rok, twee pop |
Leybl | Sub Pop |
Tarkib |
Avigdor Zahner-Isenberg Sheridan Riley Barbara Kramer |
Sobiq aʼzolar |
Rebecca Coleman Arin Fazio Joel Jasper Evan Trine Rotating past and present members: Doug Brown Adam Celik Andrew Celik Jed Davis David Dillon |
Vebsayt | avibuffalomusic.com |
Diskografiyasi
tahrirAlbomlari
tahrir- 2010: Avi Buffalo
- 2014: At Best Cuckold
- 2019: Glow Cast on Eternal Sound
Singllari
tahrir- 2010: „What's In It For“
- 2011: „How Come/Good I’m Wishing“ (7" reliz)
- 2018: „Panegyric“
- 2019: „Skeleton Painting“
Manbalar
tahrir- ↑ Film_Fanatic_15. „Avi Buffalo album reviews at Metacritic“. Metacritic.com (2010-yil 29-aprel). Qaraldi: 2011-yil 16-dekabr.
- ↑ US. „Avi Buffalo at Myspace“. Myspace.com. Qaraldi: 2011-yil 16-dekabr.
- ↑ „Avi Buffalo at Sub Pop“. Subpop.com (2011-yil 28-iyun). 2011-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-dekabr. (Wayback Machine saytida 2011-03-18 sanasida arxivlangan)