Aviatsiya mayogʻi
Aviatsiya mayogʻi – uchuvchiga kechasi va tuman vaqtlarida aerodromni koʻrsatib turuvchi signal qurilmasi. Ilgari (1938–40 yillarda) ikki xil: havo yoʻli va aerodrom Aviatsiya mayogʻi boʻlar edi. Havo yoʻli Aviatsiya mayogʻi bir-biridan 20–40 km oraliqda oʻrnatilar edi. Aerodrom Aviatsiya mayogʻi bevosita aerodromning oʻziga oʻrnatiladi. Quvvati 1,5 dan 3 kVt gacha choʻgʻlanma lampalar Aviatsiya mayogʻi uchun yorugʻlik manbai vazifasini oʻtaydi. Aviatsiya mayogʻi 60– 80 km naridan koʻrinib turadi. Hozir radionavigatsiya rivojlanganligi munosabati bilan havo yoʻli Aviatsiya mayogʻi ishlatilmaydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |