Aviatsiya pochtasi – samolyotlarda xat, gazeta-jurnal, bande-rol va boshqa pochta yuklari tashuvchi aloqa tarmogʻi. Oʻzbekistonda Aviatsiya pochtasi xalqaro havo yoʻllarida xalqaro aviareyslarda, mahalliy havo yoʻllarida yengil samolyotlarda tashiladi. 90-yillarning ikkinchi yarmidan Oʻzbekiston bilan jahondagi yirik shaharlar oʻrtasida Aviatsiya pochtasi xizmati yoʻlga qoʻyiddi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 1516 t. pochta tashildi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Aviatsiya pochtasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil