Avitellinozlar (Avitellinoses) – avitellina urugʻiga mansub tasmasi-mon chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhi. A. qoʻylar (ayniqsa qoʻzilar) va tuyalar orasida uchraydi. Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari-da, Qoraqalpogʻistonda tarqalgan. Chor-va mollarining A. bilan zararlanishi va qirilishi bahor hamda kuz fasllarida ayniqsa kuchayadi. A. bilan zararlangan mollarda kasallik alomatlari toʻsatdan paydo boʻladi. Hayvon gandiraklaydi, boshini orqaga tashlaydi, tomiri tor-tishadi, tishini gʻijirlatadi, ba’zan ichi ketadi. A. borligi shubha qilingan xoʻjaliklarda hayvonlar veterinariya xodimlari koʻrsatmasiga muvofiq degelmintizatsiya qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Avitellinozlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil