Avizo
Avizo (ital. aviso) – bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob harakatlarining bajarilganligi toʻgʻrisida rasmiy xa-barnoma. Banklar A. orqali mijozlarini amalga oshirilgan debit va kredit harakatlari, yozuvlari, hisob varagʻidagi qoldiqlar, pul oʻtkazmalarini toʻlash, chek talabnomasi, akkredetiv ochish va boshqa yozuvlar xususida xabardor qiladi. To-var joʻnatuvchi (sotuvchi) tomonidan xa-ridorga tovar joʻnatilgani haqidagi xat ham A. deyiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |