Avj
Avj (arab. – choʻqqi, baland) – 1) Oʻn ikki maqom majmuasidagi ma’lum shoʻ’ba nomi. 2) Musiqa asarining yuqori pardalardagi choʻqqisi, kulminatsiya do-irasi, ya’ni musiqa asarining eng baland registrdagi davomli kuy tuzilmasi. Maqomlarning cholgʻu va ay-niqsa aytim boʻlimlari, ashula, katta ashula, suvora va yirik shaklli cholgʻu kuylardan keng oʻrin olgan. A. larning asosiy turlari – kichik A., urta A., katta (yoki yuqori) A. deb yuritiladi. Shoʻ’balarning miyon-xat tuzilmasini kichik A. ga, dunasrni – oʻrta A. ga va namudlarni – katta A. ga qiyoslash mumkin. A. lar musiqa asarlari bayoni va rivojida shakllantiruvchi va ifoda-lovchi ahamiyatga ega. Ashulalardagi she’r mazmuni, fikr va his-tuygʻularning ta’sir kuchini musiqiy vositalar yordamida teranlashtiradi. A. ishlatish an’anasi oʻzbek va umuman Sharq bastakorlik san’atida, shuningdek hofizlar va sozandalarning ijrochilik mahorati tufayli mukammallashib ma’lum tabiiy qonuniyat sifatida vujudga kelgan. Shashmaqom shoʻ’balarining katta A. i oʻndan ortiq namud va ikki A. (Zebo pari va Turk)ning turli birikmalaridan tuziladi. Zebo pari va Turk A.larini qoʻllashda namudlardagi kabi muayyan ijodiy erkinlik mavjud.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |