Avliyo Georgiy Muzaffar butxonasi
Avliyo Georgiy Muzaffar butxonasi — hozirda faoliyat koʻrsatmayotgan, Andijon shahrida joylashgan, Markaziy Osiyo mitropolit okrugi, Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga qarashli rus pravoslav butxonasi. Butxona 1898—1899-yillarda meʼmor I.R. Sakovich chizmasi asosida qurilgan[1][2], 1899-yil 6-mayda muqaddas qadamjo deb eʼlon qilinadi[3]. 1931-yilda butxona davlat tomonidan yopib qoʻyilgan. Butxona 100 kishining ibodatiga moʻljallangan boʻlib[2], butxonaning asosiy bayrami 6-may hisoblanadi[3].
Avliyo Georgiy Muzaffar butxonasi ruscha: Храм-Часовня Святого Георгия Победоносца | |
---|---|
Joylashuv | Pravoslavlar qabristoni, Andijon |
Binokor | I.R. Sakovich |
Turi | butxona |
Material | pishgan gʻisht |
Meʼmoriy uslubi | eklektika, neorus uslubi |
Qurila boshlagan | 1898, qayta qurilishi 1910 |
Qurilish tamomlangan | 1899 |
Ochilish sanasi | 1899 |
Xarita | |
Koordinatalari | 40°45′25.6″N 72°22′50.0″E / 40.757111°N 72.380556°E |
Tarixi
tahrir1898-yil 30-may kuni Andijonda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda askarlari va bir ruhoniy halok boʻldi. Halok boʻlgan ruslarning barchasi rus pravoslav qabristoniga dafn etiladi.
Aynan oʻsha paytda butxona qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi. Butxona toʻrtburchak shaklda eklektika meʼmoriy uslubida qurilgan va tomiga xoch oʻrnatilgan. Shuningdek, butxona ichida mehrob va ikonastas ham barpo etilgan[1].
Dastlab butxona, avliyo Nikolay Karomat koʻrsatuvchi va avliyo Sergiy Radonejskiy ibodatxonalari Turkiston yeparxiyasi maʼmuriyatining tasarrufi ostida boʻlgan[3]. Keyinchalik bu inshootlar Qoʻqon harbiy okrugi tassarufiga oʻtkazildi va butxonaning maqomi Qoʻqon harbiy boshqaruvi tasarrufidagi mahalliy harbiy butxonaga oʻzgartirildi. Butxona gʻazna hisobidan pishgan gʻishtdan barpo etilgan. Bino devorlari suvoqlanib, turli ranglar bilan boʻyalgan. Butxona ichida qoʻzgʻolonda halok boʻlgan askarlar va ruhoniyning ismi tushirilgan lavha mavjud. Andijon zilzilasidan soʻng, butxonaga jiddiy zarar yetib, tiklab boʻlmas holatga keladi[4]. Natijada vayron boʻlgan butxona oʻrnidan 1910-yil atrofida neorus meʼmoriy uslubida yangi butxona qurilgan[5]. Shunisi maʼlum boʻladiki, butxonada kuniga uch marta diniy ibodat qilingan. Diniy ibodatni oʻtkazish uchun maxsus diakonlar tayinlangan. Bosma nashrlarga asosan 1899-yildan to 1931-yilgacha butxonada uch nafar diakonlar xizmat qilgan[2]. Bular Dionisiy, Ioann (Ivan) va Sergiy. Barchasi davlat tomindan uy-joy bilan taʼminlangan hamda asosiy vazifasidan tashqari, avliyo Sergiy Radonejskiy ibodatxonasi rohibalarini zarur narsalar bilan taʼminlash vazifasi bilan ham shugʻullanishgan[1].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Иванов Ал. А.. История Кокандского военного округа, Коканд, 1911.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Иванов Ан. А.. Поездки по городам и селам Русского Туркестана. Осмотрены и сфотографированы села и города, всего около 100 фото и 154 текстов., Санкт-Петербург, 1910.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Рузаев Б. А.. История приходов Узбекистана, Ташкент, 2014.
- ↑ „Андижан. Часовня Георгия Победоносца (старая)“. 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
- ↑ „Андижан. Часовня Георгия Победоносца (новая)“. 2020-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.