Avliyoyi Kabir — (?—1227) — avliyo va muhaddis. Avliyo Kabir Xazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ikkinchi xalifa shogirdlaridan biri boʻlgan. „Rashahot“da yozilishicha, Hazrat Avliyoyi Kabir asli buxorolik bo‘lgan[1]. Manbalarda taʼkidlanishicha, Xoja Avliyoyi Kabir bilan Hazrat Abduxoliq ilk bor bozorda uchrashadilar. Hazrat G‘ijduvoniy bozordan go‘sht olayotgan paytda notanish o‘spirin, tolibi ilm kelib „Hazrat, ruxsat bersangiz, qo‘lingizdagi yukni uyingizgacha eltib bersam!“- deb ko‘p yalinadi. Hazrat unga ruxsat beradilar. Uyning ostonasiga yetgandan so‘ng Hazrat: „Bir soatdan keyin keling birga ovqat tanovul qilamiz“- deydilar. Avliyoyi Kabir o‘sha paytlar buxorolik bir donishmanddan saboq olgan. Donishmand huzuriga borib, bir soatdan so‘ng bezovta bo‘ladi va zudlik bilan Hazrat Abdulxoliq yonlariga keladi. Shu kundan eʼtiboran donishmanddan saboq olishni tark qilib, Abdulxoliq G‘ijduvoniyga shogirt tushadi. Bu holdan vaqif bo‘lgan donishmand Avliyoyi Kabirga dashnom bera boshlaydi. Har ko‘rganida: „Bekorchi so‘fiylarga ergashib, ilmni tark etding! To‘g‘ri yo‘ldan adashding!“ — deb Hazratni malomat qiladigan bo‘ladi. Lekin Avliyoi Kabir unga mutlaqo eʼtibor bermas, tariqat yo‘lida riyozat chekardi. Natijada tez orada ulug‘ maqomga yetishdi. Hazrat Avliyoyi Kabirning to‘rtta yetuk xalifalari bor edi: Xoja Dehqon Qaltiy, Xoja Zakiy Xudobodiy, Xoja So‘kmon, Xoja G‘arib. Hazrat Xoja Avliyoyi Kabir 1227-yil Buxoroda vafot etgan. Qabri Buxoro hisorining yonida Burji Ayyorda ekan. Bu kishi ko‘milgan mozoriston o‘rnida qatag‘on zamonasida taksi parki bunyod qilingan[2].

Avliyo

Ism

Avliyoyi Kabir

Tavalludi

Vafoti

1227-yil

Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.