Avogadro qonuni
Avogadro qonuni – 1811-yilda Italyaning Turin universiteti professori A. Avogadro gazlar bilan bog'liq hodisalarni o'rganish jarayonida quyidagi xulosaga keladi: "Bir xil sharoitda bir xil temperatura va bir xil bosim o'zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo'ladi". Keyinchalik o'tkazilgan tajribalar Avagadro xulosasini tasdiqladi va bu Avagadro qonuni deb atala boshladi. Demak, har qanday gazning 6,02×10²³ ta zarrasi (1 moli) normal sharoitda 0,0224 m³ yoki 22,4 l hajmni egallaydi va u molyar hajm deyiladi. Avagadroning o'zgarmas qonuni = 6,02×10²³[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |