Avometr
Avometr(ampervoltometr) – oʻzgarmas va oʻzgaruvchan (yuqori chastotali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan universal koʻchma asbob. Avometrlarning oʻlchash chegaralari turlicha boʻladi. Ular magnitoelektrik va toʻgʻrilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasalgan avometrlar yordamida oʻzgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi, toʻgʻrilagich tizimda yasalgan avometrlar yordamida esa ham oʻzgarmas, ham oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi. Avometrlar, asosan, magnitoelektrik oʻlchash mexanizmi va yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich birikmasidan iborat. Avometrlarning tokni oʻlchash chegarasi shunt qarshiligi yordamida, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash chegarasi esa qoʻshimcha qarshiliklar yordamida kengaytiriladi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |