Ibn Dovud
(Avraamdan yoʻnaltirildi)
Ibn Dovud, Avraam (taxminan 1100, Toledo — taxminan 1180, Kordova) — yahudiy tarixchisi va faylasufi. "Al-aqidat urrafiʼa" ("Yuksak imon") asarida davrining taraqqiyparvar gʻoyalarini ilgari surdi va Ibn Sino asarlari taʼsirida Ibn Jebirol neoplatonizmiga qarshi chiqdi. I. D. ning falsafiy qarashlarida materialistik fikrlar bilan birga diniy aqidalarga ishonish ham bor. Jumladan, I. D. Bibliyaning dunyo yoʻklikdan, hech narsadan Xudo tomonidan yaratilgan degan fikrini himoya qildi. I. D. fatalizmni inkor etdi va inson irodasi erkinligi toʻgʻrisidagi taʼlimotni ishlab chiqdi. I. D. oʻrta asr taraqqiyparvar mutafakkirlari ijodiga katta taʼsir koʻrsatdi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |