Avrangbardor (fors–taxt koʻtaruvchi) – oʻrta asrlarda Xuroson va Movarounnahrda xon, amirlarning xizmatkorlaridan biri; harbiy yurish paytida xon yoki amir yonida yuradigan kishi. Avrangbardorning vazifasi taxtiravon (koʻchma taxt)ni olib yurishdan iborat boʻlgan. Avrangbardor lavozimi 18-asrdagi tarixiy manbalarda, xususan "Majma’ al-arqom"da ham eslatib oʻtilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil