Volga avtomobil zavodi (VAZ) — Rossiyaning yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Samara viloyatining Tolyatti shahrida joylashgan. Yillik loyiha quvvati 660 ming avtomobil ishlab chiqarishga moʻljallangan. 1967-yil qurilishi boshlanib, Yillik loyiha quvvati 220 ming avtomobil boʻlgan 1-navbati 1971-yil Italiyaning "Fiat" korporatsiyasi bilan hamkorlikda qurilgan. "FIAT-124" avtomobili negizida yaratilgan "Jiguli" VAZ-2101 rusumli kichik litrajli yengil avtomobillarini ishlab chiqargan. 2-navbati 1972-yilda ishga tushirilgan (loyiha quvvati 220 ming avtomobil). Keyingi yillarda korxona "Jiguli" rusumidagi yengil avtomobillarning bir necha modifikatsiyalarini yaratdi va ishlab chiqardi (VAZ-2103, VAZ-2104, VAZ-2105, VAZ2106, VAZ-2107, VAZ-2108, VAZ-2109 vahokazo). 80-yillar oxiriga kelib korxona VAZ-2199 rusumdagi zamonaviy dizayn va turli qulayliklarga ega boʻlgan yengil avtomobillarni (5 oʻrindiqli) ishlab chiqarish ni yoʻlga qoʻydi. Hozirgi vaqtda korxona shu vaqtgacha ishlab chiqarayotgan yengil avtomobillarning baʼzi takomillashtirilgan rusumlari bilan birga butunlay yangi rusumdagi "Knyaz Vladimir" yengil avtomobillarni yetkazib bermoqda (2000). Korxona oʻz mahsulotlarini eksportga ham chiqaradi (qarang Avtomobil sanoati). 90-yillar boshigacha Oʻzbekistonda shaxsiy avtomobillarning asosiy qismini VAZ avtomobillari tashkil etgan.[4]

JSC АvtoVAZ
Sobiq nomi
  • Volga Automotive Plant (VAZ)
  • Volga group for the production of passenger cars, AvtoVAZ
  • PJSC AvtoVAZ
Turi Davlat korxonasi
Tarmogʻi Avtomobil
Egasi Rostec
Qachon asos solingan 1966 (58 yil avval) (1966)
Hududiy xizmati Butun dunyoda
Asoschi(lari) Central Committee of the Communist Party of the Soviet Union va Council of Ministers of the USSR
Rahbariyat Maksim Sokolov (Rais va bosh direktor)[1]
Mahsulot(lar)i Avtomobillar
Brendlari Lada
Aylanma daromadi Decrease 169,574.040 million[2]
Operatsion foydasi Decrease ₽-1,542.48 million[2]
Boyligi Decrease ₽211 019,42 mln[2]
Sof foydasi 741 700 000
Ishchilar soni 36,413[3]
Vebsayti info.avtovaz.ru
Toʻliq nomi ОАО «АвтоВАЗ» (OAO «AvtoVAZ»)
Asos solingan yil 1966-yil
Joylashuvi Rossiya bayrogʻi Rossiya , Tolyatti, (Samara viloyati)
Prezident  Sweden/ USA Bo Anderson
Soha Avtomobilsozlik
Mahsulot Yengi avtomobillar
Ishchilari soni 68 ming kishi (2013-yil)
Rasmiy sayti LADA.ru

Shuningdek

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Russia's Avtovaz names ex-transport minister as CEO after Renault exit“. Reuters (2022-yil 23-may). Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „АО "АВТОВАЗ": бухгалтерская отчетность и финансовый анализ“ [JSC AvtoVAZ: accounting reports and financial analysis] (Russian). AvtoVAZ. 2023-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  3. „АвтоВАЗ: рабочие места“ [AvtoVAZ: Jobs] (Russian). AvtoVAZ. Qaraldi: 2019-yil 8-iyul.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil