Gaz payvand
(Avtogen bilan payvandlashdan yoʻnaltirildi)
Gaz payvand, gaz bilan payvandlash — metallarni gaz alangasida suyuqlanish temperaturasigacha qizdirib biriktirish. Yonilgʻi sifatida atsetilen, metan, propan, b. ishlatiladi. G.p.da eriydigan chok simi qoʻllanadi. Yupqa poʻlat detallar, choʻyan buyumlar, rangli metallar va qotishmalardan iborat birikmalarni payvandlashda keng qoʻllanadi. Quvurlar, temir yoʻl relyelari va b. choklarini payvandlashda gaz-presslash usulidan foydalaniladi. Bunda choklar payvandlash gorelkalari bilan 1—2 min. qizdiriladi, shundan soʻng quvur (yoki rels) ning ulanadigan joylari gidravlik qurilma bilan siqiladi. Shunda quvur (yoki rels) uchlari bir-biri bilan mustahkam birikib qoladi
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |