Avtogravyura (avto… va frans. gravure – oʻymakorlik, naqsh solish soʻzlaridan) – gravyura turi, muallif tasvir, naqshni oʻz qoʻli bilan yogʻoch, linoleum yoki metallga oʻyib ishlaydi; undan qolip sifatida foydalanib chop qilingan nusxa ham gravyura deb ataladi. Yogʻoch avtogravyuralardan kitoblarga rasmlar tayyorlashda, linoleum va metall Avtogravyuralardan esa alohida nusxalar chop qilishda foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil