Avtojir
Avtojir (avto... va lot. gyro – aylanaman) – uchish apparatlaridan biri. Samolyotdan farqi shundaki, avtojirda koʻtarish kuchini qanot emas, balki rotor, ya’ni havoning qarshi oqimi ta’sirida oʻzidan-oʻzi aylanuvchi havo vinti hosil qiladi. Ilgarilama harakat odatdagi parrakli dvigatel yordamida hosil qilinadi. Ispan muhandisi X.de la Sperva 1922-yil ixtiro qilgan. Avtojir ga nisbatan bir qator afzalliklarga ega boʻlgan vertolyot rivojlanishi munosa-bati bilan avtojir ishlab chiqarish toʻxtatilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |