Avtokar
Avtokar (avto va ing. sag – ara-vacha) –ichki yonuv dvigatelyam (rezina gʻildirakli) oʻziyurar aravacha. Avtokar korxona hovlisida, sexlar orasida, ombor bilan sexlar orasida, vokzallarda yuk tashish uchun ishlatiladi. Odatda, Avtokar 2 –5 t yuk tashiy oladi. Avtokarni yuk koʻtaradigan kran, platforma, taxlagich va boshqa qoʻshimcha uskunalar bilan jihozlash mumkin. Hozirgi kunda avtokar oʻrnini elektrokar egallamoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |