Avtomobil kran
(Avtokrandan yoʻnaltirildi)
Avtomobil kran, avtokran – avtomobil shassisiga oʻrnatiladigan yuk ortish-tushirish mashinasi. Ish organi burilma strela (quloch)dan iborat. Qurilish-montaj, donali yuklarni ortish-tushirish ishlarida qoʻllanadi. Ish organi elektr va suyuqlik kuchidan yoki avtomobil dvigatelidan harakatlantiriladi. Avtomobil kran 15 t gacha yukni koʻtara oladi, strelasining qulochi 2 – 12 m, yukni 20 m gacha yuqoriga koʻtaradi. Avtomobil kranning turgʻun boʻlishini taʼminlovchi qoʻshimcha tiraklari (autrigerlari) bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |