Avtomat latuni
Avtomat latuni (jezi) – qoʻrgʻoshinlangan latun. Qoʻrgʻoshin latunning avtomat stanoklarda kesib ishlanish xossasini yaxshilaydi (nomi shundan). Markasi – LS59-1, L harfi latunni, S harfi qoʻrgʻoshinni, 59 soni misning, 1 raqami esa qoʻrgʻoshinning foizda ifodalangan oʻrtacha miqdorini bildiradi. Avtomat latunining kimyoviy tarkibi: mis 57–60%, qoʻrgʻoshin – 0,8–30%, boshqa qoʻshilmalarning umumiy miqdori 0,75% gacha. Avtomat latuni chiviklar, lentalar, polosalar va listlar tarzida ishlab chiqariladi; bulardan boltlar, gaykalar, soat detallari va boshqa ishlab chiqariladi. Avtomat latunining texnik xossalari tarkibi va holatiga bogʻliq boʻladi; moustahkamlik chegarasi 300-600 Mn/m2 (30–60 kg/mm2, nisbiy uzayishi – 2–50%.Toʻraxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |