Avtomatik nazorat – avtomatik xabarlash, oʻlchash va rostlash asbo-blari yordamida turli ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz tartibga solib turish va qayd qilib borish. Avtomatik nazorat texnologik jarayon parametrlari (qiymatlari)ning oʻzgarishiga binoan mashina va apparatlarning boshqarish va tartibga solish organlariga tez va aniq ta’sir etishini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri. Avtomatik nazoratda oʻlchash asboblari nazorat qilinayotgan parametrlarning qiymatlarini diagrammalarga yozib boradi yoki texnologiya jarayonini tartibga soluvchi, detallarni saralovchi va boshqa moslamalarga ta’sir etadi. Bunga differensial oʻlchash usuli, oʻrnini qoplab oʻlchash usuli, koʻpriksimon oʻlchash usuli va nol oʻlchash usulini qoʻllab erishiladi. Bu usullarning hammasi oʻlchash jarayonini pnevmatik (havo) yoki elektrik avtomatlashtirishga imkon beradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil