Avtomatik payvandlash
Avtomatik payvandlash, avtomatik elektr yoyli payvandlash – asosiy jarayonlari mexanizatsiyalashgan elektr yoyli payvandlash. Bunda elektrodni yoyga yaqinlashtirish, yoyni payvandlash chizigi boʻylab surib turish ishlari odam ishtirokisiz bajariladi. Avtomatik payvandlashda elektr yoyda suyuqlanadigan elektrodsim ishlatiladi. Suyuqlanmaydigan volfram elektrod bilan Avtomatik payvandlash usuli ham mavjud, yaxlit elektrod oʻrniga ichiga temir kukuni, legirlovchi va flyus hosil qiluvchi aralashmalar toʻldirilgan naychadan iborat elektrodlardan ham foydalaniladi. Avtomatik payvandlash flyus va himoya gazlari ostida amalga oshiriladi. Agar elektrodni yoyga yaqinlashtirish jarayonini mexanizatsi-yalashtirib, yoyni surib turish jarayoni qoʻlda bajarilsa, bunday Avtomatik payvandlash yarim avtomatik payvandlash deb ataladi. Avtomatik payvandlash payvandlash kallagi va payvandlash traktori yordamida bajariladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |