Avtomatik rostlash – mashinalar, apparatlar va qurilmalarni odam ishtirokisiz boshqarib turish. Avtomatik rostlash uchun uskunaning oʻziga yoki uning tashqarisiga rostlagich oʻrnatiladi. Rostlanuvchi miqdor rostlagich yordamida oldindan berilgan qiymat atrofida ushlab turiladi (qarang Avtomatik rostlagich). Avtomatik rostlash texnikada qadimdan ma’lum. I. P. Polzunov va J. Uatt rostlagichlari bunga misol boʻla oladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil