Avtomatik toʻxtatgich
(Avtomatik to‘xtatgichdan yoʻnaltirildi)
Avtomatik toʻxtatgich ("Av-tostop") – 1) poyezd "yoʻl berk" signaliga yaqinlashganda uni oʻz-oʻzidan toʻxtatadigan qurilma. Avtomatik toʻxtatgich temir yoʻl izi orqali yoʻl signallari bilan hamda lokomotivdagi havo tormozi bilan bogʻlangan. Yoʻl berk boʻlsa, svetoforning signali lokomotivdagi tegishli moslamaga ta’sir qilib, poyezdni toʻxtatadi. Mashinist svetofor signalini sezmay qolgan hollarda Avtomatik toʻxtatgich avariyaning oldini oladi; 2) mashinasozlikda– mashina qismi yoki dvigatelini avtomatik tarzda toʻxtatish mexanizmi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |